Rasmiy Uzum hisobotlari asosida

Taxmin emas.
Aniq foyda.

Har bir tovaringiz qancha olib kelayotgani, qaysi biri zararga sotilayotgani va omborda qancha pul muzlab yotgani — bitta kabinetda, so‘mda.

Karta talab qilinmaydi · kalit 2 daqiqada ulanadi
Shu oygi sof foyda · namuna
2 849 036 so‘m
Zarar bilan sotilayotgan
3 tovar
Tugab qolish arafasida
5 tovar
Namuna ma’lumotlar
  • Zarar-detektor
  • Yo‘qotilgan foyda
  • Ertalabki Telegram hisobot
  • Yetadi-kun
  • Muzlagan pul
  • Qaytarishlar tahlili
  • Excel eksport

Pulingiz qayerga ketayotganini ko‘ring

Hisoblab bo‘lmagan qiymatni hech qachon nol deb ko‘rsatmaymiz. Har raqam — rasmiy hisobotdan.

−2 816 so‘m

Zarar-detektor

Har sotuvda pul yo‘qotayotgan tovarni topadi — komissiya, logistika va tannarxdan keyin qo‘lda nima qolayotganini aytadi.

1 200 000 so‘m

Yo‘qotilgan foyda

Yaxshi sotilayotgan tovar tugab qolsa, har kuni qancha foyda qo‘ldan ketayotganini so‘mda ko‘rsatadi.

08:00

Ertalabki hisobot

Har kuni siz tanlagan soatda Telegram’da «Bugungi holat»: tugayotgan va zarar bilan sotilayotgan tovarlar, muzlagan pul — kabinetni ochmasdan ham xabardorsiz.

Kartalardagi raqamlar — namuna
Nega «Aniq»?

Tannarx kiritilmagan tovarda foyda ko‘rsatmaymiz — «hisoblab bo‘lmadi» deymiz. Chunki taxminiy raqam — yolg‘on raqam.

Boshqa servislar 0 yoki taxmin yozadi. Biz yozmaymiz — shuning uchun raqamlarimizga qaror qursa bo‘ladi.

Ulash — 2 daqiqa

  1. API kalitni ulang

    Uzum Seller kabinetidan kalit olasiz. Parolingiz kerak emas va hech qachon so‘ralmaydi. Istalgan payt uzib qo‘yasiz.

  2. Ma’lumot o‘zi yig‘iladi

    Buyurtmalar, moliya, ombor — hammasi avtomatik sinxronlanadi. Birinchi ma’lumot 10–20 daqiqada, keyin buyurtmalar har 5 daqiqada yangilanadi.

  3. Har kuni — xulosa

    Telegram’da «Bugungi holat»: tugayotgan va zarar bilan sotilayotgan tovarlar, muzlagan pul. Batafsili — kabinetda.

Tariflar

Yillik to‘lov — 2 oy bepul. Har ikkala tarifda 7 kun pul qaytarish kafolati.

ANIQ

249 000so‘m / oy · 2 do‘kon
  • — Aniq sof foyda, mahsulot kesimida
  • — Zarar-detektor va yo‘qotilgan foyda
  • — Ombor: yetadi-kun, tugash ogohlantirishlari
  • — Telegram: kunlik hisobot va tezkor ogohlantirishlar
  • — Qaytarishlar tahlili, Excel eksport
Tanlash

ANIQ PRO

5 do‘kon
449 000so‘m / oy
  • — ANIQ’dagi hammasi, 5 ta do‘kon uchun
  • — AI vositalar: kartochka, narx tavsiyasi, sharhlarga javob
  • — 5 tadan ko‘p do‘kon — Telegram support orqali kelishiladi
Tanlash
Asoschi tarifi — cheklangan joy
3 oy davomida oyiga 149 000 so‘m. Evaziga — oyiga bir marta 15 daqiqalik fikr-mulohaza suhbati.
Joy band qilish

Ko‘p so‘raladigan savollar

Uzum parolim kerak bo‘ladimi?

Yo‘q. Faqat API kalit — u faqat o‘qish uchun ishlatiladi, shifrlangan holda saqlanadi va istalgan payt o‘chiriladi.

Ma’lumotlarim xavfsizmi?

Har foydalanuvchi faqat o‘z do‘konini ko‘radi. API kalitingiz shifrlangan holda saqlanadi, har kuni zaxira nusxa olinadi.

Yoqmasa-chi?

Birinchi to‘lovdan keyin 7 kun ichida yozasiz — pulni to‘liq qaytaramiz, savol so‘ramaymiz.

Qaysi tovaringiz pul yo‘qotayotganini bugun bilib oling

Boshlash — 7 kun kafolat bilan
Karta talab qilinmaydi · kalit 2 daqiqada ulanadi